1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Dang‘ara 1-son texnikumida ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida fidoyi ustozlarning mehnati e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi hamda bayramona chiqishlar namoyish etildi.