Dang'ara 1-sontexnikumi
Yangiliklarga qaytish
Nashr etilgan sana: 30-sentabr, 2026

Ustoz va murabbiylar — ehtirom va sharaf timsoli

Ustoz va murabbiylar — ehtirom va sharaf timsoli

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Dang‘ara 1-son texnikumida ustoz va murabbiylar sharafiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda texnikum jamoasi, ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar. Bayram tadbiri avvalida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom, ularning yosh avlod tarbiyasi va ta’limidagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnati, o‘quvchilarga bilim berish hamda ularni munosib kasb egasi qilib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari e’tirof etildi. Bayram dasturidan o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va samimiy tabriklar o‘rin oldi. Yoshlarning ustozlarga bo‘lgan samimiy tilaklari, chiroyli chiqishlari va ijodiy namoyishlari tadbirga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bayram davomida ustoz va murabbiylar o‘zlariga bildirilgan e’tibor va samimiy tilaklardan mamnun bo‘ldilar. Tadbir ishtirokchilarida iliq taassurotlar, unutilmas xotiralar va ko‘tarinki kayfiyat qoldirdi. Zero, ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodga hayot yo‘lini ko‘rsatuvchi, ularning kelajagiga yo‘l ochuvchi buyuk insondir. Ustozga ko‘rsatilgan hurmat va ehtirom — ilmga, ma’rifatga va kelajakka bo‘lgan yuksak hurmatdir. Dang‘ara 1-son texnikumi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ bayram bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Aziz ustozlar, mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz! Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!