Yangiliklar

Kollejimizdagi so‘nggi voqealar, e’lonlar va o‘quv jarayonidagi yangilanishlar bilan tanishing.

image news

Dang‘ara 1-son politexnikumi direktori 2026-yilgi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etdi

2025-yil 30-sentabr kuni Dang‘ara tuman 1-son 2026-yilgi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida Dang‘ara 1-son politexnikumi direktori mazkur muhim davlat ahamiyatiga ega jarayonda faol ishtirok etdi. Ushbu tadbir mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligi sohasiga oid ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirish, kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Direktorning mazkur ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etgani uchun belgilangan tartibda sertifikat bilan taqdirlanishi, ta’lim muassasasi rahbariyatining davlat miqyosidagi muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan mas’uliyatini yana bir bor namoyon etdi.

Dang‘ara 1-son politexnikumi jamoasi kelgusida ham mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi muhim tadbirlarda faol ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.